28/05/2026
TA’ZIYANOMA
Samarqand ahli, qurilish va loyihalashtirish sohasi rivojiga ulkan hissa qoʻshgan fidoyi inson, "Univer Pro Stile" MChJ rahbari, Turon fanlar akademiyasi akademiki, dotsent, "Shuhrat" medali sohibi, qadrli ustozimiz va rahbarimiz Toshev Sobirjon Kaxxorovich foniy dunyodan boqiy dunyoga rihlat qildilar.
Sobirjon Kaxxorovich oʻzining yuksak insoniy fazilatlari, mehnatsevarligi, shogirdlariga boʻlgan gʻamxoʻrligi va el-yurt orasidagi hurmati bilan hammamizning qalbimizdan chuqur joy olgan edilar.
Ustozimizning farzandlari Xurshid va Alisher Qaxxorovlar hamda oila a’zolari, yaqinlariga va barcha shogirdlariga chuqur ta’ziya izhor etamiz. Alloh taolo u kishining qilgan barcha solih amallarini va elga qilgan xizmatlarini husni qabul aylasin, oxiratlarini obod qilsin.
Janoza: Ertaga 29-may soat 12:30 da, Laxutiy jome masjidida juma namozidan soʻng oʻqiladi.
Ta’ziya xonadoni: Samarqand shahar, "Sevali" MFY (Moʻljal: "Temurshoh" restorani).
Barcha yaqinlar, qadrdonlar va shogirdlardan marhumning haqlariga duo qilishlarini soʻraymiz.