Uzeltexsanoat

Uzeltexsanoat Ассоциация предприятий электротехнической промышлен?

   🇰🇷 Koreya matbuoti: o‘zbekistonlik mutaxassislar yarimo‘tkazgichlar sohasida tahsil olmoqda➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushm...
30/10/2026



🇰🇷 Koreya matbuoti: o‘zbekistonlik mutaxassislar yarimo‘tkazgichlar sohasida tahsil olmoqda

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tashabbusi bilan Koreya Respublikasida malaka oshirayotgan o‘zbekistonlik mutaxassislar faoliyati "The Korea Herald" va "Hankook Ilbo" nashrlarida yoritildi.

➡️ O‘zbekiston va Koreya hamkorligida tashkil etilgan dastur doirasida davlat idoralari xodimlari hamda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilaridan iborat 20 nafar vakil 8 haftalik o‘quv kursida ishtirok etmoqda.

➡️ Mashg‘ulotlar Soongsil va Hoseo universitetlarida olib borilmoqda. Kelgusida jami 200 nafar o‘zbekistonlik mutaxassisni tayyorlash rejalashtirilgan.

➡️ 27-oktabr kuni dastur ishtirokchilari Chxonju shahridagi sun’iy intellekt chiplari uchun asos-platalar ishlab chiqaruvchi Simmtech kompaniyasining bosh ofisi va zavodiga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayonlari hamda hamkorlik imkoniyatlari bilan tanishdi.

⚙️ Ushbu tashabbus O‘zbekistonda mikroelektronika sanoatini rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.

🔗 Manbalar:

• The Korea Herald:
https://www.koreaherald.com/article/10916401
• Hankook Ilbo:
https://www.hankookilbo.com/news/article/A2026102613420005851
• Soongdae Sibo:
https://www.ssunews.net/news/articleView.html?idxno=12210

         🇺🇿🇱🇹 TEXNOPARK YEVROPANI ZABT ETMOQDA: ESTONIYADAN SO‘NG NAVBAT — LITVAGA! (https://t.me/texnopark_uzz/6952)O‘z...
29/10/2026



🇺🇿🇱🇹 TEXNOPARK YEVROPANI ZABT ETMOQDA: ESTONIYADAN SO‘NG NAVBAT — LITVAGA! (https://t.me/texnopark_uzz/6952)

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan zamonaviy liftlar Yevropaning yana bir davlatiga eksport qilinadi. TEXNOPARK (https://t.me/texnopark_uzz/6952)Estoniyadan so‘ng Litva bozoriga ham kirib bormoqda.

Litvaning UAB “Baltic Lift Service” kompaniyasi bilan imzolangan shartnomaga muvofiq, Vilnyus shahridagi 17 qavatli biznes markazi TEXNOPARK liftlari bilan jihozlanadi.

🏢 Loyiha doirasida yuk ko‘tarish quvvati 1000 kg, harakatlanish tezligi 1,6 m/s bo‘lgan, CE sertifikatiga ega zamonaviy liftlar yetkazib beriladi.

Liftlarning muhim afzalligi — yong‘inga chidamli, teleskopik ochiladigan eshiklar bilan jihozlanganidir. Bunday texnologik yechim binoda lift shaxtasi uchun ajratilgan maydondan samarali foydalanish imkonini beradi.

📦 Yetkazib berish joriy yilning dekabr oyi oxiriga rejalashtirilgan.

❗️Eslatib o‘tamiz, TEXNOPARK avvalroq Estoniya poytaxti Tallin shahriga sh**ha shaxtali panoramik liftlarni metall konstruksiyalari bilan birga eksport qilish bo‘yicha ham shartnoma imzolagan edi.

🌐 UZELTEXSANOAT (https://uzeltechsanoat.taplink.ws/)

 🔥AKFA BUILD HAM E-TECH EXPO 2026 DA!❗️ Yirik brendlar safi kengaymoqda! Sizning kompaniyangiz-chi?➡️AKFA BUILD — qurili...
29/10/2026



🔥AKFA BUILD HAM E-TECH EXPO 2026 DA!

❗️ Yirik brendlar safi kengaymoqda! Sizning kompaniyangiz-chi?

➡️AKFA BUILD — qurilish va sanoat sohalari uchun zamonaviy, sifatli va innovatsion yechimlarni taklif etuvchi nufuzli brendlardan biri.

🗓 Vaqti: 10–12 noyabr, 2026-yil
📍 Manzil: “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasi, 3–4-pavilon
📞 Joy bron qilish uchun: +998 97 700 50 00

🔥 Bozorda yetakchi bo‘lishni istasangiz, imkoniyatlar yaratilayotgan maydonda siz ham bo‘ling!

⏳ E-Tech Expo 2026 yaqinlashmoqda. Ishtirok etishga shoshiling!

🔗 Ko'rgazma haqida batafsil (https://etech-invitation-uz.netlify.app/)

✨ MISS LIGHTING ham E-Tech Expo 2026 da!❗️ Yorug‘lik, nafislik va zamonaviy dizayn bir maydonda jam bo‘ladi!➡️MISS LIGHT...
29/10/2026

✨ MISS LIGHTING ham E-Tech Expo 2026 da!

❗️ Yorug‘lik, nafislik va zamonaviy dizayn bir maydonda jam bo‘ladi!

➡️MISS LIGHTING — interyerlar uchun nafis yoritish yechimlari, zamonaviy lyustralar va premium dizayn mahsulotlarini taklif etuvchi brendlardan biri.

🗓 Vaqti: 10–12 noyabr, 2026-yil
📍 Manzil: “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasi, 3–4-pavilon
📞 Joy bron qilish uchun: +998 97 700 50 00

🔥 Yirik brendlar safi kengaymoqda — siz ham ushbu nufuzli maydondan joy oling!

🔗 Ko'rgazma haqida batafsil (https://etech-invitation-uz.netlify.app/)

   🇰🇷 Nazariyadan amaliyotga: 20 nafar mutaxassis ZENIX kompaniyasida➡️ ICH Design va zamonaviy mikroelektronika yoʻnali...
28/10/2026



🇰🇷 Nazariyadan amaliyotga: 20 nafar mutaxassis ZENIX kompaniyasida

➡️ ICH Design va zamonaviy mikroelektronika yoʻnalishlarida malaka oshirayotgan 20 nafar ishtirokchi navbatdagi amaliy mashgʻulotlarni ZENIX kompaniyasida oʻtkazdi.

➡️ Tashrif davomida mutaxassislar kompaniyaning ish jarayonlari, zamonaviy ishlab chiqarish yechimlari va laboratoriya imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.

➡️ Shuningdek, ishtirokchilar nazariy bilimlarini amaliyot bilan uygʻunlashtirgan holda, laboratoriya sharoitida texnik jarayonlar va zamonaviy uskunalar bilan ishlash boʻyicha amaliy koʻnikmalarini mustahkamladi.

➡️ Bunday amaliy mashgʻulotlar ishtirokchilarga Koreyaning ilgʻor ishlab chiqarish tajribasini oʻrganish, zamonaviy texnologiyalarni bevosita amaliyotda koʻrish va keyinchalik ushbu bilimlarni Oʻzbekistonda qoʻllash uchun muhim tajriba boʻlib xizmat qilmoqda.

📌 Oʻquv va amaliy jarayonlar davom etmoqda.

   ❓ KREDIT OLMOQCHISIZ?➡️ Biroq, foiz toʻlovi yuki ogʻirlik qilyaptimi? Buning yechimi mavjud!➡️ Endilikda PQ-325-qaror...
28/10/2026



❓ KREDIT OLMOQCHISIZ?

➡️ Biroq, foiz toʻlovi yuki ogʻirlik qilyaptimi? Buning yechimi mavjud!

➡️ Endilikda PQ-325-qaroriga koʻra, elektrotexnika sohasidagi investitsiya loyihalari uchun kredit foiz xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan kompensatsiya qilib beriladi.

⏺ 20 mlrd soʻm ekvivalentigacha;
⏺ milliy va xorijiy valyutadagi kreditlar uchun;
⏺ “2+1” tamoyili asosida.

➡️ Qisqacha shartlar, misollar va hisob-kitoblar bilan infografikada tanishib olishingiz mumkin.

📌 Batafsil maʼlumot va hisob-kitoblar haqida quyidagi havola (https://teletype.in//6vbGXwKxrBi) orqali ma'lumot oling.

🇺🇿🇴🇲 Toshkentda boshlangan muloqot O‘monda davom etdi: transformator ishlab chiqarish bo‘yicha yangi hamkorlik✔️ Xabarin...
28/10/2026

🇺🇿🇴🇲 Toshkentda boshlangan muloqot O‘monda davom etdi: transformator ishlab chiqarish bo‘yicha yangi hamkorlik

✔️ Xabaringiz bor, 16-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘mon Sultonligining “Voltamp Energy” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Sayyid Aymen bin Hamad al-Busaydiyni qabul qilib, quyosh energetikasi va yuqori kuchlanishli transformatorlar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qilgan edi.

✔️ Mazkur uchrashuvning amaliy davomi sifatida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori Baxtiyor Xaydarov, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov va korxona vakillari O‘mon Sultonligiga tashriflari doirasida Sohar shahridagi “Voltamp Power SAOC” zavodida bo‘lib, yuqori kuchlanishli transformatorlar ishlab chiqarish texnologiyalari, sifat nazorati tizimi va komponentlarni mahalliylashtirish bo‘yicha kompaniya tajribasi bilan tanishdilar.

🤝 Tashrif yakunida “Voltamp Energy” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Sayyid Aymen bin Hamad al-Busaydiy hamda bosh ijrochi direktori Muhammad Ajmal Basha bilan muzokaralar o‘tkazildi.

✔️ Muzokaralarda “Nura Group” ishtirokida O‘zbekistonda yuqori kuchlanishli transformatorlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va asosiy komponentlarni mahalliylashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

🌐 UZELTEXSANOAT (https://uzeltechsanoat.taplink.ws/) | Telegram (https://t.me/uzeltexsanoat) | Linkedin (https://www.linkedin.com/company/uzeltexsanoat/posts/?viewAsMember=true)

28/10/2026



⏺️E-TechExpo-2026 xalqaro ko'rgazmasiga 13 kun qoldi!
✍️Hoziroq o'z joyingizni band qiling!
➡️ 5-xalqaro elektronika, elektrotexnika va innovatsion texnologiyalar ko'rgazmasi — E-TechExpo-2026 ni o'tkazib yubormang!

🗓 10–12-noyabr, 2026-yil
📍 "O'zekspomarkaz" ko'rgazmalar majmuasi, 3-4-pavilion

🔗 Ko'rgazma haqida batafsil: https://etech-invitation-uz.netlify.app/

Address

Ko’kcha Darvoza Ko’chasi 10-uy
Tashkent
100140

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Uzeltexsanoat posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share

Nearby home improvement businesses